12 apr 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA

1 million dollarlik jang: Nemkov va Anderson ilk bor yuzma-yuz kelishdi +FOTO
Toshkent vaqti bilan 16 aprel kuni tongda San-Xose shahrida navbatdagi Bellator kechasi bo'lib o'tadi
Bellator 277 kechasining markaziy jangida og'ir vazn toifasida Gran-prining final jangida vazn chempioni Vadim Nemkov va Kori Anderson oktagonga ko'tariladi. Jang g'olibi chempionlik kamari va bir million dollarga ega chiqadi. Bugun tashkilotchilar turnirdan avval matbuot anjumanini tashkil etishdi. Har ikki jangchi ham jurnalistlarning savollariga javob qaytarishdi. Tadbir yakunida jangchilar ilk bor yuzma-yuz kelishdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar