14 may 09:19
Yangiliklar
Dzyudo
116 nafar dzyudochimiz qatnashadigan Osiyo kubogi boshlandi + FOTO
Hozirgina Qozog'istonning Olmaota shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Biket Mahmudov xotirasiga bag'ishlangan Osiyo ochiq kubogi start oldi.
To'rt davlatdan kelgan 400 nafardan ziyod o'smir va yoshlar uch kun davomida musobaqa medallari uchun tatamiga chiqadi. Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston mamakalatlari dzyudochilari qatorida Tohir Fayziev murabbiyligidagi 100 nafardan ziyod (82 o'smir, 34 yosh) o'zbekistonlik sportchilar yurtimiz sharafini himoya qiladilar. O'smirlar jami 16 ta, yoshlar esa 14 ta vaznda bahslarga kirishadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar