26 dek 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"117 kg.ga qaytdi". Entoni Joshua hozirgi sport formasini ko'rsatdi + FOTO
Superog'ir vaznda IBF, WBA, WBO, IBO yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua o'zining bugungi optimal sport formasini namoyish etdi.
"Men 260 funt (117 kg)ga qaytdim. Kimdir buni suniy intellekt deb aytadi", - deya suratga izoh qoldirgan Joshua.
36 yoshli britaniyalik professional boksda 2013 yildan beri jang o'tkazib kelmoqda. Uning hisobida 29 ta g'alaba bor, shundan 26 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan. Mag'lubiyatlari 4 ta. Entoni 2012 yilgi Olimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi. Joshua oxirgi jangida Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar