So’nggi yangiliklar

13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0

26 may 09:58
Yangiliklar

SHaxmat

Sharjah Masters 2025 yakunlandi. Abdusattorov shohsupada! Qolgan shaxmatchilarimiz nechanchi o'rinlarni egallashdi?

BAAning SHarja shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha nufuzli Sharjah Masters 2025 turniri o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 73 000 AQSH dollarini tashkil etgan ushbu musobaqaning kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida to'rt nafar grossmeysterimiz - Nodirbek Abdusattorov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Ortiq Nig'matov ham sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borishdi. 

Kecha musobaqada so'nggi 9-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Musobaqada birinchi raqam ostida saralangan Nodirbek Abdusattorov birinchi doskada qora donalarda turnirning beshinchi raqamli ishtirokchisi, eronlik grossmeyster Amin Tabatabayi bilan durangga imzo chekdi. Nodirbekning ochko yo'qotishidan unumli foydalangan ikkinchi raqamli shaxmatchi, niderlandiyalik Anish Giri oq donalarda hindistonlik Aditya Mittalni mag'lubiyatga uchratdi va 7 ochko bilan Sharjah Masters 2025 chempioniga aylandi. 

Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra uchinchi o'rinni egalladi. So'nggi turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, eronlik Daneshvar Bardiyani mag'lub etgan serbiyalik Aleksandr Indjich 6,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etdi. 

Sharjah Masters 2025 turnirining 9-turida Jahongir Vohidov oq donalarda polshalik Malek Jandan ustun keldi. Muhiddin Madaminov qora donalarda turkiyalik Ishik Alparslan bilan durang o'ynadi. Ortiq Nig'matov esa oq donalarda yana bir turk shaxmatchisi Sanal Vahab bilan murosaga keldi. 

SHu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 6,5 ochko bilan 3, Ortiq Nig'matov 4,5 ochko bilan 34, Muhiddin Madaminov 4 ochko bilan 60, Jahongir Vohidov esa 3,5 ochko bilan 66-pog'onadan joy oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing