26 dek 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA
16 yil qamoqda o'tirgan 52 yoshli bokschi faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi
Nigeriyada o'tgan prof boks turnirida superog'ir vaznda WBC International kamarining sobiq sohibi 52 yoshli mezbon bokschi Ayk Ibeabuchi 45 yoshli hamyurti Kabiru Tovalaviga qarshi ringga ko'tarildi.
Nigeriyaliklar o'rtasidagi jang to'liq 12 raund davom etdi va unda Kabiru hakamlarning yakdil qarori (117-111, 115-114, 115-113) bilan g'alaba qozondi. Qizig'i, Ibeabuchi uchun bu mag'lubiyat professional faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.
Malumot uchun, Ayk bungacha 21 ta jangda g'alaba (16 tasi nogkaut) qozongandi. 1999 yilda Ibeambuchi zo'rlashda ayblanib, 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Nigeriyalik bokschi 2015 yilning dekabrida ozodlikka chiqqandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar