06 noy 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA
51 yoshli sobiq jahon chempioni faoliyatini qayta tikladi. Bokschi 16 yil umrini qamoqda o'tkazgan
Nigeriyalik professilnal bokschi, sobiq WBC International kamari sohibi Ayk Ibeabuchi (20-0, 15 KO) 25 yil ichida ilk bor jang qiladi.
51 yoshli Ibeabuchining raqibi misrlik Ayman Abbas (10-1, 1 KO) bo'ladi. Ularning jangi 7 dekabr kuni Nigeriyada bo'lib o'tadi.
Ayk prof faoliyatidagi so'nggi jangini 1999 yil 20 mart kuni amerikalik Kris Byordga qarshi o'tkazib, beshinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. SHundan so'ng, u zo'rlashda ayblanib, qamoqqa olingan va 16 yil panjara ortida o'tirgan. Nigeriyalik bokschi 2015 yilning dekabrida ozodlikka chiqqan edi.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar