29 mar 11:36
Yangiliklar
Sport kurashlari

18 yoshli SHahzoda ayollar kurashi bo'yicha Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi + FOTO
Iordaniya poytaxti Amman shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Kecha ikki kun davom etgan ayollar kurashi bo'yicha qita birinchiligi yakuniga etdi. Ikkinchi kungi bellashuvlarda SHahzoda Allaniyazova bronza medalini qo'lga kiritdi. -65 kg vazn toifasida kurashgan 18 yoshli hamyurtimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda Janubiy Koreya vakilasi Bark Jeon Gaeni 5:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi Osiyo chempionatidagi ishtirokini 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 8-o'rinda yakunladi. Yaponiya terma jamoasi kutilganidek, 4 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan birinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Fikrlar