06 iyu 11:41
Yangiliklar
Tennis
19 yoshli Goff ketma-ket uchinchi yil "Rolan Garros" 1/4 finalida o'ynaydi
Fraciyada tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turniri davom etmoqda.
Jahonning 6-raketkasi amerikalik Kori Goff musobaqaning to'rtinchi davrasida WTA reytingida roppa-rosa 100-pog'onani egallab turgan slovakiyalik Anna SHmidlovaga qarshi kortga chiqdi.
Bir soatu 31 daqiqa davom etgan uchrashuvda Goff raqibasini 7/5, 6/2 hisobida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. O'zaro uchrashuvlarda Goff SHmidlovani ikkinchi bor mag'lub etdi.
Etiborlisi, 19 yoshli Kori ketma-ket uchinchi yil "Rolan Garros" chorak finaliga chiqdi. Endi u ushbu bosqichda jahonning birinchi raketkasi polshalik Iga Svyontekka qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar