23 sen 12:45
Yangiliklar
200 ming dollar?! O'zbekistonda shaxmatchilarni rag'batlantirishning yangi tartibi elon qilindi
Bu bo'yicha Prezident qarori (PQ–346-son, 21.09.2026 y.) qabul qilindi.
Unga ko'ra, nufuzli xalqaro musobaqalar g'oliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori quyidagicha bo'ladi:
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (kattalar):
oltin — 200 ming AQSH dollari (bungacha BHMning 2 ming baravari – 880 mln so'm edi);
kumush — 100 ming dollar (bungacha BHMning 1 ming baravari – 440 mln so'm edi);
bronza — 50 ming dollar (bungacha BHMning 500 baravari – 220 mln so'm edi).
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiadasi (yoshlar):
oltin — 20 ming dollar;
kumush — 10 ming dollar;
bronza — 5 ming dollar.
FIDE tasnifiga ko'ra jahon miqyosidagi musobaqalar:
oltin – 15 ming dollar (bungacha BHMning 300 baravari – 132 mln so'm edi);
kumush – 7,5 ming dollar (bungacha BHMning 150 baravari – 66 mln so'm edi);
bronza – 3 ming 750 dollar (bungacha BHMning 75 baravari – 33 mln so'm edi).
FIDE tasnifiga ko'ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:
oltin – 10 ming dollar (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so'm edi);
kumush – 5 ming dollar (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so'm edi);
bronza – 2,5 ming dollar (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so'm edi).
Xalqaro grossmeyster unvonini olganlarga — 5 ming dollar (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so'm edi).
Fikrlar