So’nggi yangiliklar

09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0 08:25Арман Царукян: "RAF’даги маошим UFC гонорарларига яқинлашди" 0 08:04Собиқ чемпион Чимаев — Анкалаев жанги ғоясини илгари сурди 0 07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0

12 noy 18:35
Yangiliklar

Dzyudo

2021 yilda ko'rishguncha! Bu yilgi xalqaro mavsum tugadi

Teglar :  DzyudoDoha
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) yil so'nggiga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqalarni to'xtatish haqida qaror qabul qildi.

Bunga butun dunyodagi pandemik vaziyat sabab bo'lmoqda. Oktyabr oyi oxirida Vengriyada restartdan keyingi ilk - Budapesht "Katta Dubulg'a" turniri muvaffaqiyatli tarzda o'tkazilgan edi. SHundan so'ng IJF yil oxirigacha hech bo'lmaganda bitta jahon dzyudo musobaqasi - Xorvatiya poytaxtida tashkil etiladigan Zagreb Gran-prisini o'tkazishga umid bog'lagandi. 

Afsuski, koronavirus infekciyasi sabab dunyoning aksariyat mamlakatlarida yuzaga kelgan pandemik inqiroz tobora kuchayib bormoqda. Buning natijasida ko'plab davlatlar Sovid-19 virusining tarqalishini oldini olish, to'xtatish uchun qatiy choralarni qo'llashga majbur bo'lmoqda. Ayrim mamlakatlarda musobaqa tugul, mashg'ulot o'tkazishga ham sharoit yo'q, yani sport zallari yopilgan. SHu omillarni inobatga olgan holda IJF bu yil boshqa xalqaro masshtabdagi musobaqalarni o'tkazmaslikka qaror qildi. 

Xalqaro dzyudo federaciyasi endi 2021 yilning ilk musobaqasi - yanvar oyida Dohada o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Qatar "Masters" musobaqasining o'tkazilishidan umidvor. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing