11 fev 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA

26 mart kungi UFC turnirining markaziy jangi malum
26 mart kuni AQSHning Ogayo shtati Kolambus shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida Kertis Bleyds hamda Kris Dakas o'rtasida tashkil etiladi. Ko-meynivent jangda esa yarim og'ir vazn toifasi vakillari - sobiq chempion Yan Blaxovich hamda Aleksandr Rakich o'zaro to'qnash kelishi kerak edi. Lekin Yanning jarohati sabab bu jang bekor qilindi.
30 yoshli Kertis Bleyds so'nggi jangida Jairzino Rozenstraykdan ustun kelgan edi. Undan avval esa "Britva"ning 4 ta g'alabadan iborat seriyasiga chek qo'yilgandi. O'shanda Derrik Lyuis Kertisni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Malumot uchun, ayni paytda Kertis Bleyds hamda Kris Dakas UFC reytingida mos ravishda to'rtinchi va ettinchi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar