28 okt 11:32
Yangiliklar
28 oktyabr - Xalqaro dzyudo kuni!
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bu yilgi bayram tantanalari uchun rasmiy logo hamda shior taqdim etgandi. Unga ko'ra, bugun, 28 oktyabr kungi barcha bayram tadbirlari "Birgalikda kuchmiz" shiori ostida o'tkaziladi. Bayramning o'zi esa koronavirus va irqchilikka qarshi kurash uchun bag'ishlanadi.
Malumot uchun, dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aynan 28 oktyabr sanasida dunyoga kelgan. Xalqaro dzyudo kunining aynan shu kunda nishonlanishi ham bejiz emas, albatta. O'tgan yili Xalqaro dzyudo federaciyasiga azo 5 qitaning 200ga yaqin mamlakatida, shu jumladan O'zbekistonda ham o'ziga xos dzyudo bayrami keng tantana qilingandi.
Avvaliga Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda barcha viloyatlarda boshlangan bayram tadbirlari kunning ikkinchi yarmida poytaxtga ko'chgandi. Dzyudochilarimiz "Ko'chat ek" shiori ostida o'tgan bayramda minglab daraxt ko'chatlarini ekishgan edi.
Fikrlar