14 avg 16:11
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
3 nafar kurashchimiz Osiyo chempionlari bo'lishdi
Kurash xalqaro associaciyasidan malum qilishicha, qitamizning yigirmaga yaqin davlatidan iqtidorli kurashchilar ishtirokida o'tgan chempionatda yosh polvonlarimiz ham sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Vazni 66 kilogramgacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi bellashuvlarda Erkin Qozoqov va 73 kilogramgacha bo'lgan sportchilar bellashuvida Madiyor Erkinov shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi.
Mutlaq vazn toifasida (+100 kilogramm) gilamga chiqqan Suhrob Egamberdiev ham Osiyo chempioni bo'ldi. Vazni 81 kilogramgacha bo'lgan polvonlar bellashuvida Bunyod Tursunov kumush medal bilan taqdirlandi.
Osiyo chempionatida 3 oltin va 1 kumush medalni qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
G'oliblar bugun Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Havola :
Manba : uzbekistan24.uz
Fikrlar