08 noy 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
37 yoshli Giga CHikadze keyingi jangini dekabr oyida o'tkazadi
Gruziyalik aralash yakka kurash ustasi Giga CHikadzening navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Sportchi 14 dekabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Vegas 112 turnirida oktagonga chiqadi. Unga o'sha kuni Argentina vakili Kevin Valexos raqib bo'ladi. Jang yarim engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, CHikadze faoliyati davomida hozirgacha 20 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan. 23 yoshli Valexos hisobida esa 16 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.ru
Fikrlar