04 sen 17:30
Yangiliklar
4 sentyabr - "Butunjahon taekvondo kuni"
2000 yil Avstraliyaning Sidney shahrida o'tgan Olimpiada o'yinlarida ilk bor taekvondochilar qatnashishgan. 2006 yil Vetnam poytaxti Xoshimin shahrida Bosh Assambleya tomonidan 4 sentyabr sanasini "Butunjahon taekvondo kuni" deb elon qilgan. SHundan buyon har yili ushbu sanada taekvondo kuni bayram qilinadi.
Bugungi kunda O'zbekistonda 20 mingdan ziyod sportchi taekvondo bilan shug'ullanib kelmoqda. Ko'plab taekvondochilarimiz Jahon va Osiyo chempionatlarida oltin medallarga erishishgan. Avgust oyi boshida Toshkentda kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati yuqori saviyada o'tkazildi. Unda o'zbekistonlik Zafarbek Karimov yurtimiz taekvondosi tarixida ilk bor kadetlar o'rtasida Jahon chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Mana shu Jahon chempionati vaqtida yurtimizga Butunjahon taekvondo Federaciyasi prezidenti CHungvon CHoy tashrif buyurdi hamda Toshkentda tashkil etilgan taekvondo tarixidagi eng yirik fleshmobda ishtirok etdi.
O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi barchani "Butunjahon taekvondo kuni" muborakbod etadi!
Fikrlar