07 avg 23:48
Yangiliklar
40 yoshida o'zining uchinchi Olimpiadasida ishtirok etgan Rustam Assakalov faoliyatini yakunladi
Rustam shu vaqt mobaynida O'zbekiston terma jamoasi nomidan uchta Olimpiadada (Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024) ishtirok etdi. U o'zining 40 yoshida ilk bor Olimpiada sovrindori bo'lishi mumkin edi, biroq bronza medali uchun kechgan bellashuvda jarohat oldi va faoliyatini shu tarzda yakunlashga majbur bo'ldi.
Rustam Assakalov O'zbekiston terma jamosi safida ikki karra Jahon chempionati sovrindori (Las-Vegas-2015 kumush, Nur-Sulton-2019 bronza) bo'ldi. Osiyo o'yinlarida uch marotaba g'olib va sovrindorga aylandi. SHuningdek, uch karra Osiyo chempioni va to'rt karra sovrindorga aylanishga ulgurdi. Baku-2017 va Konya-2021 Islom birdamlik o'yinlarida bronza va oltin medallarini qo'lga kiritdi.
Uning O'zbek yunon-rum kurashi rivojiga qo'shgan beqiyos hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Fikrlar