22 jan 11:36
Yangiliklar

43 yoshli Glover Teysheyra Jamal Xillga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakulaganini malum qildi
Biroz avval musobaqaning markaziy — Glover Teysheyra - Jamal Xill chempionlik jangi bo'lib o'tgan edi. Unda amerikalik Xill hakamlarning yakdil qarori bilan yarimog'ir vaznda UFC sobiq chempioni Glover Teysheyrani mag'lub etib, yangi chempionga aylangan edi. Jang yakuniga etganidan so'ng, UFC afsonalaridan bo'lmish 43 yoshli Glover Teysheyra faoliyatini yakunlaganini elon qildi. O'z navbatida, UFC ham jangchiga minnaddorlik bildirdi.
Malumot uchun, shu yil oktyabr oyida 44 yoshga to'ladigan Glover Teysheyra faoliyati davomida 41 ta jang o'tkazib, 33 g'alaba va 8 mag'lubiyat qayd etgan. O'tgan yilning iyun oyida u chexiyalik Irji Proxazkaga imkoniyatni boy berib, yarimog'ir vazndagi UFC chempionlik kamaridan mahrum bo'lgandi. O'sha jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonayotgan Gloverni Irji so'nggi soniyalarda bo'g'ib qo'ygan edi.
He became the second oldest champion in UFC history in 2021!@GloverTeixeira announces his retirement following the conclusion of #UFC283 ???????????? pic.twitter.com/NE1xnwM9lQ
— UFC (@ufc) January 22, 2023
Fikrlar