01 mar 13:13
Yangiliklar
46 yoshli amerikalik erkak Xamzat CHimaevdan kaltak eganini davo qilmoqda
Amerikalik bloger Rich Patterson UFC o'rta vazn chempioni Xamzat CHimaevni Dubay aeroportida hujum qilganlikda aybladi.
"Men er, ota va ko'pchilik uchun akaman. Sayohat qilganimizda hech kim unga hujum qilishlarini kutmaydi, ayniqsa muxlis sifatida o'zing kuzatib kelayotgan insonga odob bilan yaqinlashib, salom berishga uringanda. SHu oy boshida tungi soat bir-ikkilar atrofida, AQSHga yolg'iz qaytib ketayotganimda, Dubay xalqaro aeroportida Xamzat CHimaev menga hujum qildi. U va yana etti-sakkiz kishi tomonidan qurshab olingan paytimda, u yorib o'tib, ko'ksimga tepdi. Buning barchasi kuzatuv kameralarida yozib olingan. Erta tong bo'lishidan qati nazar, UFC’ning qay darajada “professional” jangchisi mast holatida bo'lishidan qati nazar, hech kim bunday munosabatga loyiq emas. Men 46 yoshdaman, AQSH Harbiy-havo kuchlari faxriysiman. Uning yovvoyi qiliqlari haqidagi gap-so'zlar — rost. U meni hushdan ketkazmoqchi bo'ldi", — deb yozdi Patterson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.




Fikrlar