19 iyu 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

48 yoshli Oskar de la Xoyya 2008 yildan beri birinchi marta jang qiladi
Olti vaznda sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya uzoq tanaffusdan so'ng yana jang qiladi.
U UFC sobiq chempioni Vitor Belfort bilan 18 centyabr kuni Meksikaning Mustaqillik kuniga bag'ishlangan dam olish kunlari Triller Fighting Club'da bo'lib o'tadigan maxsus boks kechasida ringga ko'tariladi. MMA Fighting manbalariga ko'ra, ikkala tomon ham jang qilishga kelishib olgan.
Jang o'tkaziladigan joy hali aniqlanmagan. Bu 48 yoshli Oskar uchun 2008 yilda filippinlik Menni Pakyaoga yutqazganidan beri birinchi jangi bo'ladi.
Havola :
Manba : BoxingNews 24
Fikrlar