16 dek 10:31
Yangiliklar
5 fevral kungi UFC turnirining markaziy jangi malum
Og'ir vazn toifasida "Qora vahshiy" va "Qutb ayig'i" o'rtasida AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan jang UFC Vegas 68 turnirining markaziy bahsiga aylanadi. Unda moldovalik Sergey Spivak amerikalik Derrik Lyuisga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Aslida ushbu turnir Janubiy Koreyaning Seul shahrida o'tkazilishi va uning markaziy jangida "Koreyalik Zombi" oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo koreyalik aralash yakkakurash ustasi jarohat olganidan so'ng UFC rahbarlari turnirni Osiyodan yana AQSHga qaytarishdi.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Derrik Lyuis ketma-ket ikkita jangda mag'lubiyatga uchradi. Avvaliga Tay Tuivasa, keyin esa Sergey Pavlovich Derrikni nokautga uchratdi. 27 yoshli Sergey Spivak esa aksincha, muddatidan avval qo'lga kiritilgan ikkita g'alaba bilan ushbu jangga etib kelmoqda. Moldovalik sportchi Greg Xardi va Augusto Sakayni texnik nokautga uchratgan.
Malumot uchun, Spivak faoliyati davomida 15 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. Derrik esa 26 g'alaba va 10 mag'lubiyatga ega. Ayni paytda Lyuis UFC og'ir vazn toifasi reytingida ettinchi, Spivak esa o'n ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar