18 avg 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA

5 nafar bokschimiz CHechenistondagi Axmat-Xoji Qodirov xotira turniri finalida, bugun oltin medal uchun janglar
CHechenistonda boks bo'yicha Axmat-Xoji Qodirov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Kecha musobaqa yarim finali doirasida besh nafar bokschimiz jang o'tkazdi va ularning barchasi g'alabaga erishib, finalga yo'l oldi.
Bugun soat 19:00dan boshlab bokschilarimiz musobaqa oltin medali uchun ringga ko'tariladilar:
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - Magomed SHamsaev(CHecheniston)
-80 kg: Jasurbek Yo'ldoshev - Magomed Alimsultanov (CHecheniston)
-54 kg: Hasanboy Do'smatov - Muhammad Vaxaev (CHecheniston)
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Nashxo CHerxeyko (CHecheniston)
-86 kg: SHohjahon Abdullaev - Said-Emi Musaev(CHecheniston)
Bokschilarimiz janglarining ketma-ketligi bugungi dastur bo'yicha aynan shunday tartibda ko'rsatilgan.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar