06 jan 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA
"50 ga 50". CHendler shubhalanmoqda
Amerikalik UFC jangchisi Maykl CHendler Konor Makgregorga qarshi jang o'rta vazn toifasida o'tishiga ishonmayapti.
"Makgregorga qarshi jang 29 iyun kuni bo'lishiga 100 foiz ishonaman. O'rta vazn? Bilasizmi, bu erda barchasi 50 ga 50. Aslida buning ham menga ahamiyati yo'q. Men realiti-shouni tasvirga olish jarayonida Konor bilan besh haftani birga o'tkazdim. U engil vazn toifasida jang qilishni rejalashtirayotgani yo'q.
U yarimo'rta vazn toifasida jang qila olaman deb o'ylaydi. Ammo men uni ushbu vaznda jangga chorlaganimda, u o'rta vazn haqida gapirishni boshladi. Atrofdagilarga tashabbus o'z qo'lida ekanligini ko'rsatib qo'yish uchun ham", - dedi CHendler.
Havola :
Manba : ESPN US
Fikrlar