17 dek 12:05
Yangiliklar
50 yashar Oksana CHusovitina Los-Anjelesdagi Olimpiadada qatnashish niyatida
Iyun oyida 50 yoshni qarshilagan o'zbekistonlik afsonaviy gimnastikachi Oksana CHusovitina hozirda Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan 2028 yilgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanma olish uchun mashg'ulot o'tkazmoqda.
"Gimnastika ligasi finallari ajoyib o'tdi. Ushbu musobaqalarni tomosha qilgandan keyin juda hayajonlandim. Kelasi yili shu musobaqada ishtirok etmoqchiman.
Bu yil Jakartadagi Jahon chempionatiga borishni rejalashtirmagan edim. To'rtta dastur uchun mashqlarimni tayyorlash maqsadida tanaffus qilishga qaror qildim. Hozir men shunchaki shug'ullanib, musobaqalarga chalg'imaslikni xohlayman. 2027-2028 yillardagi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi turnirlarga xotirjam tayyorgarlik ko'rish niyatidaman", deydi CHusovitina.
Fikrlar