18 sen 07:43
Yangiliklar
Engil atletika
54 yoshli hamyurtimiz Sidneydagi marafonda g'olib bo'ldi
Avstraliyaning Sidney shahrida Butunjahon engil atletika federaciyasining platinum darajasidagi "TCS Sydney Marathon" marafoni o'tkazildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqaning 50-54 yosh toifasidagi bellashuvlarida o'zbekistonlik Dilfuza Allayarova birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
54 yoshli hamyurtimiz belgilangan masofani 2 soatu 55 daqiqa 53 soniyada bosib o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu yosh toifasidan qati nazar o'zbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi o'ninchi natija bo'ldi.
Allayarovaning bundan avvalgi shaxsiy rekordi 3 soatu 1 daqiqaga teng bo'lib, CHikago marafonida o'rnatilgan edi. Mutaxassisligi rus tili va adabiyoti o'qituvchisi bo'lgan hamyurtimiz Toshkent viloyatida istiqomat qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar