13 iyu 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA

A. Emelyanenko Makgregorning mag'lubiyatiga ikki sababni aytdi
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Emelyanenko UFC sobiq chempioni Konor Makgregorning mag'lubiyatiga nimalar sabab bo'lganini aytdi.
"Konor oyog'i bilan juda ko'p keraksiz harakatlar qildi. U Poreni ajoyib tarzda ushlagandi, ammo oyog'i bilan uni qisa olmadi. SHu sababli, to'liq bo'g'ishning imkoni bo'lmadi.", - dedi Aleksandr Emelyanenko.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor Dastin Pore bilan jangning birinchi raundida oyog'ini sindirib olib, jangni davom ettira olmagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar