04 iyu 07:20
Yangiliklar
Abbos Rahmonov Germaniya Gran-prisida bronzaga ilindi
Bu haqda O'zbekiston sport kurashlari assocaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Terma jamoamizga ikkinchi medalni 61 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Abbos Rahmonov taqdim etdi.
Oltin medal ikki karra jahon chempioni ozarboyjonlik Xadji Alievga nasib etgan bo'lsa, polshalik Kristofa Bienkovski kumush medal bilan taqdirlandi. Yana bir bronza medalini turkiyalik Mexmet Emin Ogyut qo'lga kiritdi.
Takidlash joiz, terma jamoa murabbiylar shtabi Abbosni yangi vazn toifasida sinab ko'rdi. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi bo'lgan Rahmonov aslida 57 kg vaznda Rio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Yana bir Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Bekzod Abdurahmonov (74 kg) ham Germaniya Gran-prisida bronza medali sovrindori bo'lgan edi.
61 kg
1. Xadji Aliev (Ozarboyjon)
2. Kristofa Bienkovski (Polsha)
3. ABBOS RAHMONOV (O'ZBEKISTON)
3. Mexmet Emin Ogyut (Turkiya)
Fikrlar