19 iyu 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdel-Aziz: "Xabib Oliveyraga kamarni Islam uchun saqlab turishga bergandi"
Taniqli menejer Ali Abdel-Aziz Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi chempionlik jangi haqida yana bir bor fikr bildirdi.
"Hamma CHarlzning chempion bo'lganini aytadi, bilaman. Lekin Xabib unga kamarni Islam uchun saqlashga berib turgandi. Oliveyra hech qachon chempion bo'lmagan.
U kim bilan jang qildi? UFC'dagi rekordi 2-2 bo'lgan Maykl CHendler bilanmi? Dastin Pore bilanmi? Men Poreni hurmat qilaman, biroq u ham Xabibga mag'lub bo'lgan", - deya Abdel-Azizning so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tish joiz, Islam Maxachev so'nggi bor 27 fevral tongida Bobbi Gringa qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, Islam Maxachev - CHarlz Oliveyra jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar