31 okt 09:05
Yangiliklar

Abdug'ofurov WBC kamarini himoya qiladi, jang sanasi va raqib malum FOTO
Engilmas bokschimiz 18 noyabr kuni Filippinning Pasay Siti shaharchasida o'ziga tegishli bo'lgan WBC Silver chempionlik kamarini himoya qiladi. Azizbekning 12 raundga mo'ljallangan chempionlik himoya jangidagi raqibi xitoylik Vujati Nuerlang bo'ladi.
Malumot uchun, Azizbek Abdug'ofurov professional boksdagi faoliyati davomida 11ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta jangda raqiblarini muddatidan avval nokautga uchratgan.
CHempionlik kamarini shu yilning 5 may kuni Toshkentda o'tgan professional boks kechasida rossiyalik mashhur bokschi Dmitriy CHudinovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgach qo'lga kiritgan edi.
Abdug'ofurovning 18 noyabr kungi raqibi 22 yoshli Nuerlang esa prof boksdagi faolitini 2015 yilda boshlagan. Debyu jangida mag'lubiyatga uchragan. Lekin keyin o'tkazgan 11ta jangida raqiblaridan ustun kelgan. To'qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar