26 jan 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Abdulhay SHorahmatovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq bo'ldi
Professional bokschimiz Abdulhay SHorahmatov navbatdagi jangini qachon va kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Bokschimiz Olamsport.com sayti bilan suhbatda bu haqida malumot berdi. Unga ko'ra, SHorahmatov prof ringdagi uchinchi jangini 6 mart kuni Polshada o'tkazadi. O'sha kuni unga angliyalik tajribali bokschi Mixail Ramabeleca raqiblik qiladi.
Malumot uchun, britaniyalik bokschi shu kungacha prof ringda 36 ta jang o'tkazgan va ularning 18 tasida g'alaba qozongan (8 ta nokaut). Yana 18 ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (2 ta nokaut). Abdulhay SHorahmatov esa bungacha prof boksda ikkita jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar