So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

28 fev 00:13
Yangiliklar

Sport kurashlari

Abdullaevda kumush, Abdurahmonov va Jalolovda bronza

Turkiyaning Istanbul shahri mezbonligida o'tayotgan yilning dastlabki reyting turniri o'z yakuniga yaqinlashmoqda.

Hozirgina musobaqadagi so'nggi vakilimiz ham o'z bellashuvini yakunladi. Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov vaznini 12 kilogrammga ko'tarib, 86 kg vazn toifasidagi ilk xalqaro musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritdi. Abdurahmonov bronza medali uchun kechgan bellashuvda franciyalik Ahmed Aybuevni qiyinchilik bilan mag'lub etdi.  

Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi G'ulomjon Abdullaev ham o'zi uchun yangi vaznda ilk xalqaro musobaqasidayoq kumush medal sohibiga aylandi. U murosasiz o'tgan final bahsida Tokio olimpiya o'yinlarining kumush medali sovrindori, hindistonlik Ravi Kumarga bir ochko farqi bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi - 10:11. 

O'zi uchun yangi 65 kg vaznda imkoniyatini sinab ko'rgan istedodli erkin kurashchimiz, o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Umidjon Jalolov mo'g'ulistonlik Tulga Tumur Ochirni 5:4 hisobida engib, Istanbul reyting turnirining bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

SHu tariqa, erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Turkiyadagi yilning dastlabki reyting turnirini 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Musobaqaning dastlabki kuni yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishgan edi.   

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing