16 jan 13:19
Yangiliklar
Abdulrashid "Rus tanki" Sadulaev RAF Ligasi bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik erkin kurashchi professional kurash ligasi hisoblangan Real American Freestyle bilan kelishuvga erishdi.
"Abdulrashid Sadullaev - erkin kurash tarixidagi eng dominant sportchilardan biri. Uning RAF bilan eksklyuziv shartnoma imzolash qarori ushbu sportning elitasi endi bizning ligamizni professional yo'nalish sifatida ko'rayotganining aniq belgisidir. Bu butun dunyo bo'ylab platformamizni kengaytirishda davom etar ekanmiz, eshittiruvchilar, hamkorlar va muxlislar orasida targ'ibotni tezlashtiradi", - deya yangilikka izoh berdi Liga rahbari CHad Bronshteyn.
Ikki karra Olimpiya chempioni, olti karra jahon chempioni, 29 yoshli Abdulrashid Sadullaev tarixda uch xil vazn toifasida jahon chempionligini qo'lga kiritgan ikki kurashchidan biridir. Ayni paytda uning erkin kurashdagi rekordi 160 g'alaba va 6 mag'lubiyatni tashkil etmoqda. "Rus tanki"ning Real American Freestyle ligasidagi debyuti sanasi hozircha nomalum.

Fikrlar