03 iyu 16:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdumalik Xalokov delegaciya bayroqdori bo'lishiga munosabat bildirdi
Kecha Abdumalik Xalokov Parij Olimpiadasida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori bo'lishi elon qilindi.
U qilichboz Zaynab Dayibekova bilan birga ushbu sharafli vazifani bajaradi. Abdumalik bayroqdor bo'lishi yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Katta masuliyat yuklandi. Bayroqdor bo'laman deb xech o'ylamagandim. SHunga munosib ko'rishibdi, bundan xursandman. SHunga yarasha munosib javob qilishga harakat qilaman.
Yoshlarda erishgan natijalarimni kattalar tarkibida ham qaytarib, O'zbekiston tarixida birinchi bokschi bo'lmoqchiman.
O'zbekiston sporti tarixida o'z nomimni qoldirib, Prezidentimiz va xalqimizni xursand qilishga harakat qilaman", - dedi Abdumalik Xalokov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar