14 may 16:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Abdumalik Xalokovning prof boksdagi uchinchi jangi tasdiqlandi + POSTER
29 may kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida professional boks turniri o'tkaziladi.
Oqshom doirasida Olimpiya o'yinlari chempioni Abdumalik Xalokov ham o'z jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni hindistonlik Anish Kumar raqiblik qiladi. Avvalroq, Halokov tanzaniyalik Ramadan Iddiga qarshi ringga chiqishi mumkinligi aytilgandi.
Bu charm qo'lqop ustamiz uchun prof ringdagi uchinchi jang bo'ladi. U ikkala jangida ham raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Hind bokschisi esa 5 ta g'alaba, 6 ta mag'lubiyat va 1 ta durang natija qayd etgan. G'alabalarining barida raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan. O'zi ham ikki bor nokautga uchragan.
Malumot uchun, turnirning markaziy jangi super engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokida kechadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar