So’nggi yangiliklar

18:53Нукус шаҳрида кичик ёшли ўсмирлар ўртасида Ўзбекистон кубоги бўлиб ўтди 0 18:32Марта Костюк Мадрид WTA 1000 турнири чемпиони! 0 18:11"Челси" ва МЮ Араухо учун рақобатлашмоқда 0 17:50Магнус Карлсен: "Нодирбек ҳозирда дунёнинг энг хавфли шахматчиси!" 0 17:29Қиличбозлик бўйича Ўзбекистон чемпионати старт олди 0 17:08Расман! Тим Цзюнинг 3 йилдан бери рингга чиқмаган Эррол Спенсга қарши жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0 16:47Англиянинг топ-клуби Хаби Алонсо билан боғланди 0 16:26MMA жамоатчигининг Пратес - Маддалена жангига муносабати 0 16:05Хайме Мунгия WBA йўналишининг янги чемпиони 0 15:44Бенавидес Рамиресни тўхтатди ва Канелога "вызов" ташлади 0 15:23"Ювентус" "Реал" ҳужумчисини ўз сафига қўшмоқчи 0 15:02"Махачев - Гарри жанги ғолиби билан уришмоқчиман" - Карлос Пратес 0 14:41"Аввал Махачевни ютаман, кейин сен билан Бразилияда жанг қиламан" - Гарри Пратесга мурожаат қилди 0 14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0

04 iyu 09:00
Yangiliklar

Sport kurashlari

Abdurahmonov va Rahmonov Rio Olimpiadasiga boradi

Xabar berganimizdek, Turkiyaning Istambul shahrida sport kurashlari bo'yicha XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarining yo'llanmalari o'ynaladigan ikkinchi jahon saralash musobaqasi davom etmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqa sport kurashlari bo'yicha Rio-2016 o'yinlariga yo'llanmalar o'ynaladigan so'nggi saralash turniri hisoblanadi.

Hozirgina ikki hamyurtimiz erkin kurash bahslarida finalga yo'llanma olish barobarida Olimpiya o'yinlari chiptasini ham qo'lga kiritishdi. Og'irlik vazni 74 kg.gacha bo'lgan polvonlar musobaqasida ishtirok etayotgan Bekzod Abdurahmonov yarim finalda qirg'izistonlik Sayakbay Usupovni 12:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

-57 kg vaznda ilk bor kattalar o'rtasidagi nufuzli musobaqada qatnashayotgan Abbos Rahmonov ham shov-shuvli tarzda finalga yo'llanma oldi. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji o'quvchisi bo'lgan Abbos yarim finalda qirg'izistonlik Samat Nodirbek uuluni 2:1 hisobida dog'da qoldirdi. Birozdan so'ng oltin medal uchun gilamga chiqadigan bu ikki erkin kurashchimiz Rio Olimpiadasiga borish huquqini qo'lga kiritishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing