27 apr 19:36
Yangiliklar

Abduraimova Oeyrashda chexiyalik raqibasini engdi
Mukofot jamg'armasi 60 ming evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Biroz avval mamlakatimizning birinchi raketkasi ikkinchi davra uchrashuvini yakunladi.
Dunyoning 184-raketkasi bo'lib turgan Abduraimova 74 daqiqa davom etgan 1/8 final uchrashuvida WTA reytingida 329-pog'onada borayotgan chexiyalik Mikaela Bayerlovani 6/2, 6/2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Abduraimova 1/4 final bahsida Yuliya Gotovkaga qarshi kortga chiqadi. Belaruslik tennischi bugun nimchorak finalda vengriyalik Edrien Nagidan 6/1, 6/2 hisobida ustun keldi. Aynan Gotovka birinchi bosqichda turnirning birinchi raketkasi, dunyo reyingida 151-o'rinni egallab turgan avstraliyalik Oliviya Gadekini musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Fikrlar