02 dek 08:47
Yangiliklar
Abduraimova Trnavada ikkinchi raketkaga qarshi 190 daqiqalik uchrashuv o'tkazdi
Unda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli odimlayotgan edi. Afsuski, mamlakatimizning birinchi raketkasi yarim final ostonasida reytingda o'zidan deyarli ikki yuz pog'ona yuqorida borayotgan raqibasiga uch set natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Tennischimiz 1/4 finalda avstraliyalik Arina Rodionovaga qarshi kortga chiqdi. Uch soatu 10 daqiqa davom etgan dramatik uchrashuvda turnirning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Arina 5/7, 6/4, 6/4 hisoblarida g'alaba qozonib, 1/2 finalga yo'l oldi. Nigina WTA reytingida 246, Rodionova esa 132-o'rinni egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, turnirning oltinchi raketkasi sifatida harakat qilgan Abduraimova avvaliga dunyoning 443-raketkasi hisoblangan chexiyalik Jesika Malechkovani 6/7(6), 6/2, 2/1 (raqibasi bahsni yakuniga etkaza olmadi) hisobida mag'lub etgandi. Nimchorak finalda esa yana bir chex tennischisi Aneta Kuchmovadan uch setda ustun kelgan edi - 6/0, 3/6, 7/5.
Fikrlar