So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

13 mar 13:18
Yangiliklar

Sport kurashlari

Abdurauf Bozorboev: "Kamchiliklar ustida ishlaymiz"

Teglar :  Erkin kurash
Yaqinda erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha terma jamoalarimiz Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan yilning dastlabki reyting turnirida ishtirok etib qaytgandi.

Klassiklarimiz musobaqaning birinchi kuniyoq 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Erkin kurashchilarimizdan esa G'ulomjon Abdullaev kumush, Bekzod Abdurahmonov va Umidjon Jalolov bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Biz Istanbuldagi reyting turniri yakunlari va oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlik yuzasidan erkin kurash terma jamoamiz katta murabbiyi Abdurauf Bozorboevdan intervyu oldik. 

- Abdurauf aka, dastlab musobaqa taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz.

- Kuchli musobaqa bo'ldi deb bemalol ayta olaman. O'z nomi bilan yilning dastlabki reyting turniri, tabiiyki, dunyoning eng kuchli kurashchilari qimmatli reyting ochkolarini to'plab olish uchun Turkiyaga kelishdi. Har bir vazn toifasida 4-5 nafardan reytingi yuqori kurashchilar gilamga chiqdi. Ular orasida Olimpiada va jahon chempionlari ko'pchilikni tashkil etdi. Bu esa medallar uchun kurash nechog'lik keskin kechganini tasdiqlaydi. 


- Erkin kurashchilarimizning ishtiroki qoniqarli bo'ldimi?

- Biz Turkiyadagi turnirga aralash tarkib bilan bordik. Yosh kurashchilarimizda hayajon, xalqaro tajribaning etishmasligi sezilib turdi. Qolaversa, yilning dastlabki musobaqasi bo'lgani uchun kamchiliklar ko'zga tashlanib qoldi. Umidjon Jalolov, Bekzod Abdurahmonov va G'ulomjon Abdullaev o'z vaznlaridan bitta yuqori vaznda o'zlarini sinab ko'rishdi. Bekzod Tokio Olimpiadasidagi vaznidan 12 kg yuqori vaznda kurashdi. SHunga qaramay, uchchala kurashchimiz ham o'zari uchun yangi vaznda Istanbul reyting turniri medalini qo'lga kiritishdi. Umidjonni vaznida dunyoning eng kuchli kurashchilari bor edi. U nomdor raqiblarini mag'lubiyatga uchrata oldi. Endi kamchiliklar yo'q emas. Texnik-taktik masalalarda ishlashimiz kerakligi oydinlashdi. Xatolarimizni bilamiz va mashg'ulotlarda shu kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlaymiz. Yana bir gap, yuqorida aytganimdek, bu mavsumning birinchi starti bo'ldi. SHuning uchun, hamma har xil sport formasida kelgan. 


- Endigi rejalar qanday?

- Turkiyadagi musobaqadan so'ng yigitlarga 4-5 kun dam berdik. Hozir mashg'ulotlar reja asosida davom etmoqda. Aprel oyida bizni Osiyo chempionati kutib turibdi. Asosiy etibor shu musobaqaga qaratilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing