21 fev 09:49
Yangiliklar
Abraxam ko'z jarohati sabab operaciya qilindi + FOTO
Ammo baribir "Roma"ning Evropa Ligasi doirasidagi "Zalcburg"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.
25 yoshli angliyalik hujumchi A Seriya 23-turi doirasidagi "Verona"ga qarshi bahsning 15-daqiqasida Janluka Manchini bilan to'qnashuv natijasida chap ko'zi qovog'idan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo'ldi. U "Olimpiko" stadionini tark etib, darhol kasalxonaga yo'l oldi.
"Calciomercato" malumotlariga ko'ra, Abraxam operaciya qilingan, amaliyot davomida uning chap ko'zi qovog'iga oltita chok tushgan. Operaciyani kosmetik jarroh Regina Fortunato va oftalmolog Emiliya Kantera amalga oshirdi.
Angliyalik hujumchi ko'zidagi har qanday jarohatdan qutulib qoldi, ammo 23 fevral kungi "Zalcburg" bilan o'yinga tayyor bo'lmaydi.
Fikrlar