13 dek 07:24
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 115: Ivan SHtirkov va Maga Ismailov taroziga chiqdi, bugun jang!
Bugun Moskva shahrida aralash yakkakurash janglari bo'yicha ACA 115 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida rossiyalik sportchilar - Magomed Ismailov hamda Ivan SHtirkov o'zaro to'qnash kelishadi. Kecha oqshom turnir qatnashchilarini ananaviy tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etildi.
Unda jangchilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. "Urallik Xalk" nomi bilan jang o'tkazib kelayotgan SHtirkov 93.3 kg vazn qayd etdi. Maga Ismoilov esa 92.9 kg tosh bosdi. Anderkard jang qatnashchilari hisoblangan o'rta vazn vakillari - Artyom Frolov 83,9 kg, Magomedrasul Gasanov esa 84,2 kg vaznga ega ekani oydinlashdi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar