13 fev 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 117. Markaziy jang to'liq davom etdi
Rossiyaning Sochi shahrida aralash yakkakurash qoidalari bo'yicha navbatdagi turnir bo'lib o'tdi.
ACA 117 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik Ali Bagov braziliyalik Elias Silverioga qarshi "qafas"ga ko'tarildi. Jang to'liq uch raund davom etdi.
Birinchi raundda Bagov, ikkinchisida Silverio ustunlikka erishdi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan hal qiluvchi uchinchi raund yorqin epizodlar kuzatilmadi. Yakunda hakamlar 29-28, 29-28, 29-28, 29-28, 30-27 hisoblaridagi g'alabani Ali Bagovga taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar