22 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya endi chempion bo'la olishiga ishonmayapti
UFC sobiq chempioni Israel Adesanya endi chempionlik kamariga intilmasligini aytdi.
"Kelajakda yana kamar uchun jang qila olamanmi? Yo'q UFC'ga kelganimdan beri umuman kamar ortidan quvmaganman. Men shunchaki mehnatimga loyiq bo'lganini oladigan lahzalarni kutganman. Bunga erisha olishimni bilganman.
Drikus bilan jang oldidan o'ylagandim: "Men kamar ortidan quvishim kerak emas. Barchasi o'xshashini bilaman, chunki buni kutyapman".
Jangdan so'ng esa o'yladim: "Bilasanmi? Men xech narsa kutmayapman".
Men yana chempion bo'la olishimni kutmayapman. Men shunchaki xotirjam bo'lib yashayapman, shug'ullanyapman va o'zimning barcha ishlarimga ulguryapman", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar