03 noy 18:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya: "Kamar? Men bu qotilni mag'lub etmoqchiman"
Israel Adesanya Aleks Pereyra bilan jang haqida fikr bildirdi.
O'rta vaznda UFC chempioni, nigeriyalik Israel Adesanya (23-1) navbatdagi jangi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Adesanya 13 noyabr kuni Nyu-Yorkda Aleks Pereyraga (6-1) qarshi oktagonga chiqadi.
"Uning ustidan g'alaba qozonish — mana eng muhimi! Kamar? Jin ursin kamarni. Men shunchaki uni — haqikiy qotilni mag'lub etishni xohlayapman, faqatgina shu muhim. Bu safar natija boshqacha bo'ladi. Endi u boshqa jangchi bilan to'qnash keladi, men o'zgardim.
Men qayta dunyoga keldim. Va endi dam olishni xohlayotgandekman. Mana - maqsad! Bu jangni men quvnoq o'tkazishni istayman. CHunki men quvnoq bo'lganimda — dunyoning eng yaxshisiga aylanaman", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : twitter.com/MMA Junkie
Fikrlar