29 apr 07:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya Pereyra bilan to'rtinchi jang g'oyasiga qanday qarashini aytdi
UFC sobiq chempioni Israel Adesanya braziliyalik Aleks Pereyra bilan to'rtinchi marotaba jang qilish g'oyasiga munosabatini bildirdi.
"Aleks bilan jang qilish juda qiyin. U ham men bilan jang oson emasligini biladi. Men undan qo'rqmayman, ammo har safar u bilan jang qilganimda, buning qanday og'ir sinov ekanini anglab etganman.
Har ikki tomon ham bir-birini yaxshi biladi. Men nihoyat uni mag'lub eta olganman. Endi, agar to'rtinchi jangda yana g'alaba qozonsam, skeptiklar nima deydi? "Hisob 3:2 bo'ldi" deydimi? Ular yana qandaydir ahmoqona bahonalar o'ylab topishadi", — dedi Adesanya.
Havola :
Manba : BJ Penn
Fikrlar