16 iyu 19:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya to'rt kishiga qarshi mushtlashganini aytdi
O'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya 2010 yilda Burger King'da to'rt yigit bilan jang qilganini esladi.
"2010 yilda men mushtlashuvga aralashib qoldim. Bir o'zim to'rt kishiga qarshi chiqqandim, bu Oklenddagi Burger King'da bo'lgan. Bir yigit do'stimning qiz do'stiga gapira boshladi. Men shunchaki o'girilib, u va uning do'stlarga tushuntira boshladim. Oxirida qo'lim kishanlandi. Aytgancha, hech qachon ko'cha jangida oyoq bilan zarba bermang. Sababi o'sha paytda men toyib ketdim. Ammo, keyin o'rnimdan turib, ulardan birini tazirini berdim", - dedi Adesanya.
Israel Adesanya 2012 yildan buyon professional aralash yakka kurash bilan shug'ullanadi. 2018 yil fevral oyida UFC bilan shartnoma imzolagan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar