07 sen 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Adesanya UFC 300 turnirida jang qilish istagida
O'rta vaznda UFC chempioni Israel Adesanya tashkilotning yubiley turniri - UFC 300'da oktagonga chiqish istagi borligini aytdi.
"Ushbu turnirning asosiy jangida oktagonga chiqishni istardim. Ko'ramiz, men UFC 100'ni tomosha qilganman. Unda Brok Lesnar va Frenk Mir jang qilgan. UFC 200'ni ham ko'rganman, Misha Teyt urishgan. Men uzoq vaqtdan beri ushbu sport turining muxlisiman.
UFC 300 turnirining bir qismi bo'lishni istayman. CHunki UFC 400 turnirida jang qila olmayman. Men UFC 300'da jang qilishim mumkin. Aleks Volkanovski ham o'sha erda bo'lishi kerak. Men esa asosiy jangda. Ishonamanki, boshqalar ham yubiley turnirda jang qilishni istashadi. Konor ham bunga halal berishga urinsa kerak", - dedi Adesanya.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar