04 noy 07:57
Yangiliklar

Adesanya UFC tarixidagi eng kuchli jangchi kimligini aytdi
Bu masala Xabib - Getji jangidan so'ng kun mavzusiga aylangandi. Har kim bu saovlga o'zicha javob bermoqda. Ko'pchilik mutaxassislar Xabib Nurmagomedov va Jon Jonsni UFC tarixidagi eng kuchli jangchi deb hisoblayapti. Lekin Adesanyaning fikri tamomida boshqacha.
"Agar biz UFC tarixidagi eng kuchli jangchi kim degan savolga javob izlayotgan ekanmiz, nazarimda Demetrius Jonsonni nazardan chetda qoldirgandekmiz. U ideal jangchi. Balki, siz bu fikrga qo'shilmassiz. Ammo mening shaxsiy fikrim shunday", — deya Adesanyaning so'zlarini keltirmoqda ESPN MMA.
Malumot uchun, Jonson 2011-2018 yillar oralig'ida UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazgan. Demetrius engil vazn toifasida ketma-ket 11 ta jangda chempionlik kamarini himoya qilgan.
Fikrlar