16 fev 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesanya UFC'dagi to'lovlar haqida gapirdi
O'rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya UFC'da debyutant jangchilarning maoshini oshirishi kerakligini takidladi.
«Men debyutantlarga million dollarlab pul to'lashlari kerak deb aytmayapman. Ammo, menimcha ular mashq qilishlari, oilalarini boqishlari va ikki yoki uchta joyda ishlamasliklari uchun etarlicha maosh olishlari kerak”, — deb yozdi Israel Adesanya o'zining Twitter'dagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Adesanya Robert Uittakerni mag'lub etib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgandi.
Ushbu jangdan biroz oldin Adesanya UFC bilan bir vaqtning o'zida bir nechta janglar uchun foydali shartnoma imzoladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar