13 fev 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Adesenya g'alabali jangidan so'ng nimalar dedi?
UFCning o'rta vazn toifasidagi chempioni Israel Adesanya Robert Uittakerga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"U bor kuchi bilan, oxirigacha borishini bilardim. O'tgan safar undan barcha narsani olib qo'ygandim. Hozir esa uning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. Men shunday dedim: "Men chempionman, agar kamarni istasangiz oling".
Robert boks ko'nikmalari ustida ishladi. Men uning oyog'iga zarba berishga harakat qildim, chunki bu yaxshi chiqayotgandi.
Ammo u muammolar boshlanganini sezib, ehtiyotkorlik bilan, himoyaviy harakat qila boshladi. Unga va uning boks bo'yicha murabbiyiga qoyilman", - dedi Adesanya.
Eslatib o'tamiz, Adesanya jangda ochkolar evaziga g'alaba qozondi va o'rta vazn chempionligi kamarini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar