So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 apr 17:29
Yangiliklar

Sport kurashlari

Adham Ochilovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi, sportchilik davrida aytishga arzigulik yutuqlarni qo'lga kiritgan Adham Ochilov tavallud topgan kun.

Adham Ochilov - 1976 yilning 7 aprel kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan erkin kurashga oshno tutingan bugungi qahramonimiz faoliyati davomida katta yutuqlarga erishdi. 1995 yili Toshkent shahrida o'tkazilgan Markaziy Osiyo o'yinlarining kumush medali sohibi bo'ldi. Bu uning xalqaro maydondagi birinchi katta yutug'i edi. 

1996 yilda Xitoyning Syaoshan shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi. 1999 yili Turkiya poytaxti Anqara shahrida o'tgan jahon chempionatida kumush medalga ega chiqdi. O'sha yili Toshkent mezbonligida o'tgan Osiyo chempionatida bronza medali bilan taqdirlandi. 2000 yili Guylinda yana bir bor shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi. 2004 yil Tehronda o'tgan qita chempionatida ikki karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo'ldi.

Adham Ochilovning sportdagi erishgan muvaffaqiyatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. 1996 yilda "SHuhrat" medali, 2000 yilda esa O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi unvonlari bilan mukofotlangan.

Fursatdan foydalanib, Adham Ochilovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Adham aka, farzandlaringiz, oila azolaringiz baxtiga hamisha sog'-salomat bo'ling. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing