20 apr 13:40
Yangiliklar
Og'ir atletika
Adhamjon Ergashev: "Dast ko'tarish mashqida jarohat biroz pand berdi"
Poytaxtimizda davom etayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatining uchinchi kungi bahslarida Adhamjon Ergashev terma jamoamizga 2 ta bronza medalini taqdim etdi.
Biz bahslar yakunlanganidan so'ng, bir nechta savol bilan sportchimizga yuzlandik:
"Mashg'ulotlar jarayonida kichik jarohat olgan edim. Dast ko'tarish mashqida shu ozgina pand berdi. Bundan keyingi musobaqa Olimpiada bo'ladi. Tokio Olimpiadasiga qadar bu jarohatdan forig' bo'lishga harakat qilaman. Siltab ko'tarishda o'z rekordimga ham etib borolmadim. Ammo bu ham yaxshilikka. O'ylaymanki, Tokioda shaxsiy rekordimni yangilab, bundan ham yuqori natijalarni qayd eta olaman. Bu maqsad yo'lida barcha mashaqqatlarni engib o'tib, Olimpiya o'yinlarida qo'limdan kelganicha harakat qilaman", - dedi Adhamjon Ergashev.
Xurshida Abdikulova suhbatlashdi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar